Skip to content

Tikoncha Maxfiylik Siyosati

Tikoncha loyihasi foydalanuvchilarning shaxsiy hayoti daxlsizligini hurmat qiladi va ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlashni o'zining ustuvor vazifasi deb biladi. Ushbu Maxfiylik Siyosati Tikoncha ilovasi va platformasidan foydalanish jarayonida qanday ma'lumotlar yig'ilishi, ulardan qanday foydalanilishi va qanday himoyalanishi haqida ma'lumot beradi.

1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi

Tikoncha ilovasi quyidagi turdagi ma'lumotlardan foydalanishi mumkin:

  • Ilova funksiyalarini to'g'ri ishlashi uchun zarur bo'lgan texnik ma'lumotlar
  • Ilovalardan foydalanish bo'yicha umumiy statistika (vaqt va faollik kesimida)
  • Hududga bog'liq funksiyalarni ta'minlash uchun joylashuvga oid ma'lumotlar
  • Sozlamalar va cheklovlar bilan bog'liq ma'lumotlar

Tikoncha shaxsiy suhbatlar, xabarlar, media fayllar yoki foydalanuvchi kontentini o'qimaydi va saqlamaydi.

2. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadi

Yig'ilgan ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • Ilova funksiyalarini to'g'ri va barqaror ishlashini ta'minlash
  • Chalg'ituvchi omillardan himoya qilishga yordam berish
  • Ota-onalarga farzand uchun belgilangan cheklovlar va statistikani qulay ko'rinishda taqdim etish
  • Xavfsizlik va ilova barqarorligini ta'minlash

Ma'lumotlar foydalanuvchilarni kuzatish yoki baholash maqsadida ishlatilmaydi.

3. Ota-ona nazorati

Tikoncha ilovasi ota-ona yoki qonuniy vakil roziligi asosida ishlaydi. Barcha muhim sozlamalar va ruxsatlar faqat ota-ona yoki mas'ul shaxs tomonidan boshqariladi. Farzandning hisobdan chiqishi yoki muhim sozlamalarni o'zgartirishga urinishlari haqida ota-onaga xabarnoma yuborilishi mumkin.

4. Ma'lumotlarni saqlash va himoyalash

Tikoncha foydalanuvchi ma'lumotlarini:

  • Maxfiy tarzda saqlaydi
  • Uchinchi shaxslarga sotmaydi va ulashmaydi
  • Faqat ilova funksiyalari doirasida ishlatadi

Texnik va tashkiliy choralar orqali ma'lumotlarning ruxsatsiz kirish, yo'qotish yoki noto'g'ri ishlatilishining oldi olinadi.

5. Uchinchi tomon xizmatlari

Ilova ayrim funksiyalar uchun uchinchi tomon texnologiyalaridan foydalanishi mumkin (masalan, xatoliklarni aniqlash yoki texnik barqarorlik). Ushbu xizmatlar faqat zarur bo'lgan texnik ma'lumotlardan foydalanadi va ular ham maxfiylik talablariga rioya qiladi.

6. Foydalanuvchi huquqlari

Ota-onalar va foydalanuvchilar:

  • Ma'lumotlardan foydalanish haqida ma'lumot olish
  • Sozlamalarni o'zgartirish yoki cheklash
  • Hisobni o'chirish yoki ilovadan foydalanishni to'xtatish huquqiga ega

7. iPhone (iOS) uchun Tikoncha ilovasi

iPhone'da Tikoncha Apple'ning Ekran vaqti (Screen Time, Family Controls) tizimidan foydalanadi. Qaysi ilova va saytlardan qancha vaqt foydalanilgani iOS tomonidan qurilmaning o'zida qayta ishlanadi — Apple bu ma'lumotni Tikoncha'ga bermaydi va biz har bir ilova bo'yicha foydalanish ma'lumotini olmaymiz. Bundan tashqari:

  • Biz yig'adigan ma'lumotlar: telefon raqami (kirish uchun), ism, yosh, maktab va sinf (ixtiyoriy), profil surati (ixtiyoriy), vazifalar va tangalar, ota-ona belgilagan qoidalar, qurilma ro'yxati va bildirishnoma tokeni.
  • Ekran vaqti: serverga faqat kunlik umumiy ko'rsatkich (“bugun kamida N daqiqa”) yuboriladi — bog'langan ota-ona ko'rishi uchun.
  • Joylashuv: faqat joylashuv (maktab hududi) qoidasi yoqilgan bo'lsa ishlatiladi — tanlangan hudud ichida ilovalar yopilishi uchun; oxirgi ma'lum joylashuv bog'langan ota-onaga ko'rsatilishi mumkin. Reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi.
  • Tikonchagram (Telegram): xabarlar qurilma va Telegram serverlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri, Telegram maxfiylik siyosati asosida almashinadi. Tikoncha serverlari xabarlaringizni va Telegram hisobingiz ma'lumotlarini olmaydi va saqlamaydi; Telegram'ning rasmiy kutubxonasi keshni faqat qurilmada saqlaydi.
  • Toza (Instagram va YouTube): rasmiy saytlar ilova ichida qisqa videolar lentasisiz ko'rsatiladi. Nimani ko'rganingiz, login va parollaringiz yig'ilmaydi.
  • Veb himoya: bloklangan saytlar ro'yxati qurilmaning o'zida qo'llaniladi; brauzer tarixi yig'ilmaydi.
  • Hisobni o'chirish: ilovada — Profil → “Akkauntni o'chirish” (ota-ona PIN kodi o'rnatilgan bo'lsa, u so'raladi) yoki tikoncha.uz/delete sahifasida telefon raqami va SMS kod orqali. Hisob va unga bog'liq ma'lumotlar serverlarimizdan o'chiriladi.

Biz reklama ko'rsatmaymiz, ma'lumotlarni sotmaymiz va foydalanuvchilarni boshqa kompaniyalarning ilova va saytlarida kuzatmaymiz.

8. Maxfiylik siyosatidagi o'zgarishlar

Tikoncha ushbu Maxfiylik Siyosatini vaqti-vaqti bilan yangilashi mumkin. O'zgarishlar rasmiy platformalarda e'lon qilinadi va kuchga kirgan kundan boshlab amal qiladi.

9. Aloqa

Agar Maxfiylik Siyosati bo'yicha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning: info@tikoncha.uz, +998 97 270 70 07 yoki Telegram: t.me/tikoncha_newedu.

info@tikoncha.uz

+998 97 270 70 07

Bosh sahifaga qaytish